Sho`l-e zard
Shoʻl-e Zard (شله زرد) — Eronning milliy shirinligi hisoblanib, tarkibida zaʼfaron borligi sababli sariq rangga ega va unga bodom va pista boʻlaklari ham qoʻshiladi.. Shoʻl-e zard, ayniqsa, Ramazon oyida roʻza ochish uchun pishiriladigan taomdir. Odamlar bu shirinlikni koʻpincha jele bilan oʻxshatishadi
Ushbu shirinlikning tarkibiga guruch, shakar, zaʼfaron, gul suvi, kardamon, pista yongʻogʻi yoki bodom, yogʻ yoki sariyogʻ qoʻshiladi.
Shoʻl-e zardning vatani Erondir.
Kirmon shahrida bu taom Ibrohimxoniy nomi bilan ham mashhur, chunki uni birinchi marta Kirmon hukmdori Ibrohimxon Zohir al- Davla xalqqa taqdim etgan. Ibrohimxonning birinchi harakati xalqning ovqatlanish holatini yaxshilash bo‘lib, bu borada shoʻl-e zardni tayyorlab, xalq o‘rtasida tarqatadi.
Shoʻl-e zardning eng muhim xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoʻl-e zard tarkibida A, C, D, B vitaminlari, B1, B2, B6, oqsil, uglevodlar, antioksidantlar, kalsiy, temir, selen, magniy, kaliy va fosfor mavjud. Bu shirinlik oshqozon va yurakni mustahkamlaydi va revmatik ogʻriqlarni yengillashtiradi; Shuningdek u antibiotik xususiyatlariga ega va infektsiyani yoʻq qiladi. Bu shirinlik tetiklantiruvchi va tushkunlikka tushgan odamlarda uni yengib oʻtishga yordam beradi. Shoʻle-zard yurak va miya xurujlarini oldini oladi, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi, meteorizm, koʻngil aynishi, diareyaning oldini oladi. Xotirani mustahkamlashda samarali rol oʻynaydi, shuningdek teri va soch salomatligi uchun foydalidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]qazahayesonnati — yemazandarani
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |